.

Russian Orthodox Mission Society of st. Serapion Kozheozersky

.
Русский
ru
Azərbaycan dili
az
Gjuha shqipe
sq
English
en
العربية
ar
հայերեն
hy
Afrikaans
af
Български език
bg
Cymraeg
cy
Magyar nyelv
hu
Việt ngữ
vi
Dansk
da
עִבְרִית
he
Bahasa Indonesia
id
Español
es
Íslenska
is
Gaeilge
ga
italiano
it
Қазақша
kk
Gĩgĩkũyũ
ki
中文
zh
한국어, 조선말
ko
Κurdî
ku
Кыргыз тили
ky
Latviešu
lv
Lietuvių kalba
lt
Македонски
mk
Bahasa Melayu
ms
Malti
mt
Монгол хэл
mn
Deutsch
de
Nederlands
nl
Norsk
no
język polski
pl
Português
pt
Limba română
ro
Cebuano
ceb
Српски
sr
slovenčina
sk
kiswahili
sw
Tagalog
tl
Тоҷикӣ
tg
ภาษาไทย
th
Тыва дыл
tyv
Türkçe
tr
اردو
ur
uz
فارسی
fa
suomi
fi
Français
fr
हिन्दी
hi
Český jazyk
cs
Svenska
sv
eesti keel
et
日本語
ja

Реквизиты для пожертвований:

41001409981867

Abadiy Xudo Sizni O`ziga chorlaydi

Parvardigori olam bizlarni, odamlarni, Uning buyukligi va ko`rkamligini madh etishimiz va U bilan birlashib, Xudoning abadiy farzandlariga aylanishimiz uchun yaratdi. Ammo ulkan musibat tufayli bizning ajdodlarimiz Sevuvchi Yaratgandan voz kechdilar va Iblis bilan ittifoqlashdilar. Usha damdan boshlab barcha odamlar irkit va yomonlikka moyil tarzda tug`iladilar, yuragimizda esa shayton hukmron. Shuning uchun odamlar tan abadiyligidan mahrum etildilar , vafotlaridan so`ng esa abadiy ruhlari bitmas azobda bo`luvchi jahannamning qora vodiysiga tashlandilar. Lek tirikligida ham inson ruhi o`lar darajada kasaldir: aql Haqiqatni bilmaydi, shu sabab qorong`ulikda yurgani kabi sarson-sargardon va sanoqsiz xatolarga mahkum; erki gunohga botgan va ezgu ishlarni qiyinchiliklar evaziga, yovuzlikni esa osonlik bilan bajaradi; hissiyotlar aynigan va ezgulikni yoqtirish va yomonlikka nafrat bilan qarash o`rniga biz, aksincha, bizga zarar bo`lganni xush ko`ramiz va manfaat keltiruvchi narsalarni esa inkor etamiz. Hayotimizning o`zi mazmunsizdir: o`limdan nariga o`tmas narsalar uchun yashashdan na xojat? Oila, farzand, boylik, shuxrat, obro`- buning barchasi o`lim bilan yakunlanmaydimi? Qanday qilib oddiy buyum abadiy bo`lgan ruh uchun maqsad bo`laoladi? Yoq, faqatgina Abadiy va Sevuvchi Xudoda har birimiz najot topamiz. Shu sababli hayotimizning maqsad-muddaosi yagona bolishi muqarrar- Parvardigorning O`zi.

Ammo qanday qilib unga etishish zarur? Uni falakda uchratish uchun biz o`lim kishanlarini hamda makon zanjirlarini uza olamizmikan? Buning uchun Yaratganning O`zi bizning dunyomizga aralashdi. U rahm qildi va bizni qutqarish maqsadida O`zining Abadiy O`gli – O`z Kalomini jo`natdi. Kalom -Xudo Odamga aylandi, ayni paytda Xudoligicha qolaverib. Xudoning O`gli Iso Masih Osmon Ota bilan bog`lab turuvchi Yagona Vositachiga aylandi. U barcha gunohlarimiz uchun jazoni O`ziga oldiki, Unga ishonuvchilar nobud bo`lmasliklari, aksincha abadiy hayot kechirishlari uchun. Iso Masih inson tabiati yuzasidan Xochda jon berdi va O`zining Qoni orqali bizlarni gunohdan, la`nat hamda abadiy o`limdan xalos etdi. U Unga ishongan do`zax asirlarini ozodlikka eltib chiqdi. Uchinchi kuni esa Xudoning O`g`li O`z Tanasini qayta tiriltirdi va umumiy qayta jonlanish jarayonini boshlab berdi. Endi o`limning xristianlar ustidan hukmronligi abadiy emasdir: biz ham qabrlarimizdan tirik chiqamiz va Osmondagi Otamiz bilan toabad yashaymiz. Masih O`z shogirdlariga (xavoriylariga) odamlarni gunohdan forig` etish va davolash qobiliyatini taqdim etdi. So`ng Rabbimiz Iso Masih ko`kka ko`tarildi va bizga ham yo`l ochdi. Endi bizning Vatanimiz Parvardigor Otamiz yashovchi yerda. Yerda ham biz yolg`iz qolmadik. Masih bizga Pravoslav Cherkovini barpo etgan Xudoning Ruhini jo`natdi. Unda odamlar millati, kelib chiqishi, tilidan qat`iy nazar Xudoning ko`rsatmasiga asosan yashashni o`rganadilar: muqaddas va taqvoli. Xudoning kuchi yordamida yuraklarini tozalaganlar Parvardigorni ko`rishga muyassar bo`ladilar. Xristianlarda harakatlanuvchi tiriltiruvchi Muqaddas Ruh kuchi bizlarni shu darajada yangilaydiki, o`limimizdan keyin ruhlarimiz do`zaxga tushmaydi, balki osmonga, yo`qotib qo`yilgan Jannatga ko`tariladi. Va hatto taqvodorlarning o`limga mahkum tanalari shifo tarqatuvchi oqimlarni taratadi , chunki ularda Xudoning hayoti jo`sh urib turibdi.

Vale eng yuksak sharaf xristianlarni oxiri dunyoda kutmoqda. Odamlar yaratayotgan yovuzlikdan Borliq kuchsizlangan davrda Otasining irodasi ila Masih barcha avliyolar hamrohligida Yerga qaytadi. Muqaddas Ruh olovi Koinotni yoqib yuboradi. Keyin Parvardigor o`zga dunyo yaratadiki unda na yovuzlik, na irkitlik va na o`lim bo`ladi. Xudoning O`g`li barcha odamlarni qayta tiriltiradi. Taqvodorlar quyoshdek porlashadi, chunki ularda Xudoning Pravoslav Cherkovi tomonidan berilgan qudrati yashiringan bo`ladi, gunohkorlar esa zimistondek qorong`u bo`lishadi. Farishtalar bulutlar uzra xriastianlarni Masih bilan uchrashuvga eltib boradilar va biz U bilan doimo Yaratganning abadiy Podsholigida yashab qolamiz, gunohkorlar esa Hakamlikka keltiriladilar. O`shanda Iso Masih barchamizning bajargan amallarimiz asosida qaror chiqarar. Gunohkorlar va Masihni qabul qilmaganlar toabad nursiz alangaga tashlanadilar va u yerda faqat ko`z yoshlari-yu dard bo`ladi.

Hozir ham kech emas, Parvardigor barcha odamlarga, barcha millatlarga Uning oldida tavba qilishga, barchaning Yagona Xaloskori bo`lmish – Iso Masihni tan olish va Uning Yagona Pravoslav Cherkoviga kirishga da`vat etadi. Buni qanday bajarmoq kerak? Birinchidan, pravoslav e`tiqodni yurakdan qabul qilmoq zarur. U Muqaddas Ruh va e`tiqod Ramzida o`z aksini topgan. Ikkinchidan, Xudoga yoqmas barcha yo`mon qilmishlariga tavba-tazarru keltirishlari lozim. Parvardigori Olam abadiy ta`qiqlagan ishlarning qisqacha ro`xatini keltiramiz:

Men Xudo, sening Rabbing, Men oldimda o`zga xudolarni yaratma.

Gunohlar: xudosizlik, yolg`on ta`limotlar, kommunizm, jodugarlik, folbin va tabiblarga borish, astrologiya(shu jumladan munajjimlar jadvallariga ishonish), sektalarda ishtirok etish, kek saqlash, maqtanish, amalparastlik, xudbinlik, shuxratparastlik.

O`zingga but-sanam yasama, ularga sajda va xizmat qilma.

Gunohlar: butparastlik, ruhlarni chaqirish, jinlarga qurbonliq qkeltirish, rom ochish, laganbardorlik, molparastlik.

Xudoning, Rabbingning, ismini behuda so`zlama.

Gunohlar: tahqirlash(muqaddas narsalarni tahqirlash va masqara qilish), so`kinish (shaytonni ismini tilga olib so`kinish), Injilga hurmatsizlik bilan qarash: har kuni uni o`qimaslik.

Shanba kunini esda tut; olti kun mehnat qil, yettinchi kun- shanbani Xudoinga, Rabbinga topshir.

Gunohlar: yakshanba kun ibodatini qazo qilish, bayram kunlari ishlash, tekinxo`rlik, ro`za tutmaslik.

Otangni va onangni hurmat qil.

Gunohlar: ota-onani haqorat qilish, ularni hurmat qilmaslik va ibodatlarda ularni eslamaslik, hokimiyat va ulamolarni haqoratlash, kattalar va ustozlarga hurmatsizlik.

O`ldirma.

Gunohlar: qotillik, abort qilish, jahl, so`kinish, janjalkashlik, kek saqlash, nafrat, g`azab.

Xiyonat qilma.

Gunohlar: er-xotinning bevafoligi, nikohsiz jinsiy aloqa, besoqolbozlik, onanizm, pornografiya tomosha qilish.

O`g`irlama.

Gunohlar: o`g`irlik, talon-taroj, ko`zbo`yamachilik, sudxo`rlik(foiz evaziga pul berish), ziqnalik.

Yolg`on guvohlik berma.

Gunohlar: yolg`on guvohlik berish, yolg`on gapirish, tuhmat, mish-mish tarqatish, sotqinlik, aldash.

Birovning mulkini istama.

Gunohlar: hasad, o`z holatidan norozi bo`lish, hasrat.

Agarda siz ushbu gunohlarda tavba qilgan bo`lsangiz, buyuk Sirli Cho`qintirish Ibodatiga o`tishingiz lozim. Unda insonning barcha gunohlari kechiriladi va u Xudoning O`ziga o`g`il tutinadi. Buning uchun har qaysi pravoslav ibodatxonasiga kirish mumkin va ruhoniy oldiga kelib Siz bilan Sirli Cho`qintirish Ibodatini o`tkazishni soramoq darkor. Odatda och qoringa cho`qintiriladi, Parvadigor bilan Prichastieda( Iso Masihning Tana va Qon Siri) uyg`unlashish maqsadida yarim tundan hech narsa yeyilmaydi va ichilmaydi.

Barcha o`qiyotgan uchun Cho`qintirishda o`zining yangi tug`ilishini topishini va xalos bo`lishini tilaymiz. Shoshiling, chunki kech qolish mumkin: o`limdan keyin gunohlar kechirilmaydi.

ruРусский
azАзербайджанский
sqАлбанский
enАнглийский
arАрабский
hyАрмянский
afАфрикаанс
bgБолгарский
cyВаллийский
huВенгерский
viВьетнамский
daДатский
heИврит
idИндонезийский
esИспанский
isИсландский
gaИрландский
itИтальянский
kkКазахский
kiКикуйю
zhКитайский
koКорейский
kuКурдский
kyКыргызский
lvЛатышский
ltЛитовский
mkМакедонский
msМалайский
mtМальтийский
mnМонгольский
deНемецкий
nlНидерландский
noНорвежский
plПольский
ptПортугальский
roРумынский
cebСебуано
srСербский
skСловацкий
swСуахили
tlТагальский язык
tgТаджикский
thТайский
tyvТувинский
trТурецкий
urУрду
uz
faФарси
fiФинский
frФранцузский
hiХинди
csЧешский
svШведский
etЭстонский
jaЯпонский



© Russian Orthodox Mission Society of st. Serapion Kozheozersky
write us